Bu qanaqa dastur?
p2p to'lovlarni avtomatlashtirish uchun dastur. Dastur Payme apidan foydalanadi.
1. Dastur ishlashi uchun talablar
- >= PHP v7.4
- >= Composer v1.10.1
2. O'rnatish
Dasturdan to'liq foydalanish uchun composer
ni o'rnatishingiz kerak.
$ composer install
3. Payme'ga ulanish
Payme'ga ulanish uchun biz App\Payme\Api\Api
sinfidan foydalanamiz. Ushbu sinf orqali barcha Payme bilan bog'liq amaliyotlarni bajarishimiz mumkin. Keling, birinchi Payme kabinetimizga ushbu sinf orqali kiramiz:
$payme = new Api();
$payme->setCredentials(['login' => 'paymega ulangan telefon raqam', 'password' => 'paymedagi parol']);
$payme->login()->sendActivationCode();
DIQQAT! Kabinetga faqat bir marta, "MUHIM" ma'lumotlarni olish uchun kiramiz. Undan so'ng kirish shart bo'lmaydi. Qaysi "MUHIM" ma'lumotlar nazarda tutilayotgani pastda keltirilgan. Diqqat bilan o'qing.
setCredentials([])
metodi orqali Payme akkauntimizning login parollarini belgilashimiz mumkin. Bu metodga massiv yuborish kerak. Massivda login va parol kalitlari bo'lishi shart. Login - bu sizning Paymedagi nomeringiz, nomer 901234564 formatda yozilishi kerak. Parol esa o'z holicha yoziladi. Ushbu ma'lumotlarni to'g'ri kiritganingizdan so'ng, sizga Paymedan telefon raqamingizga kod keladi. Ushbu kodni activate
metodi orqali kiritasiz:
$payme = new Api();
$payme->activate('telefonga kelgan kod')->registerDevice();
$payme->setCredentials(['login' => 'paymega ulangan telefon raqam', 'password' => 'paymedagi parol']);
$device_id = $payme->getDevice(); // !!! MA'LUMOTLAR BAZAGA TEGISHLI TARTIBDA SAQLANSIN
$cards = $payme->getMyCards(); // !!! MA'LUMOTLAR BAZAGA TEGISHLI TARTIBDA SAQLANSIN | ID raqam massivning "_id" indeksida bo'ladi
Telefoningizga Paymedan "Payme API qurilmasi ulandi" degan SMS kelsa, demak hammasi muvaffaqiyatli bo'lgan. Shundan so'ng, kerakli ma'lumotlarni saqlab olishga navbat keladi.
Muhim ma'lumotlar
- Device ID
- Card ID
Paymega API orqali kirilganda sessiya 15 daqiqa davom etadi va undan keyin API klyuch yangilanadi. Bu holatda yana qaytadan login qilmaslik uchun biz device id raqamini saqlab olishimiz kerak. Device id orqali aktiv sessiya klyuchni olishimiz mumkin (buni siz qilmaysiz, sessiya klyuchni dasturni o'zi topadi). Cheklarni olayotganda, kartalarni olayotganda birinchi credentials'ni va device idni kiritish zarur. Device id setDevice
metodi orqali kiritiladi.
$payme = new Api();
$payme->setCredentials(['login' => 'paymega ulangan telefon raqam (Telefon raqam 901234565 formatda bo`lishi kerak)', 'password' => 'paymedagi parol']);
$payme->setDevice('device id string');
Shundan so'ng bemalol amaliyotlarni kuzatish mumkin.
Payme'dagi barcha tranzaksiyalarni ko'rish
Barcha tranzaksiyalarni ko'rish uchun getAllCheques
yoki cheques
metodlari ishlatiladi. Bu metodlar bir xil vazifa bajaradi faqat farqi getAllCheques
chainable emas.
$payme = new Api();
$payme->setCredentials(['login' => 'paymega ulangan telefon raqam (Telefon raqam 901234565 formatda bo`lishi kerak)', 'password' => 'paymedagi parol']);
$payme->setDevice('device id string');
$cheques = $payme->getAllCheques();
// yoki
$cheques = $payme->cheques();
Tranzaksiyalar orasidan tegishli izohli to'lovni topish
Agar siz P2P to'lovni avtomatlashtirmoqchi bo'lsangiz, sizga bu juda asqatadi. Izohli to'lovni tekshirish uchun findByComment
metodi ham qo'shiladi. Namuna:
$payme = new Api();
$payme->setCredentials(['login' => 'paymega ulangan telefon raqam (Telefon raqam 901234565 formatda bo`lishi kerak)', 'password' => 'paymedagi parol']);
$payme->setDevice('device id string');
// Bitta kartadagi tranzaksiyalar orasidan izoh orqali qidirish
$payme->selectCard('karta id raqami')->findByComment('izoh', 0); // 0 ni o'rniga kerakli summa yozilsin
// Barcha kartalardagi tranzaksiyalar orasidan izoh orqali qidirish
$payme->cheques()->findByComment('izoh', 0);
Tranzaksiyalarni saralash
Tranzaksiyalarni saralash uchun getAllCheques
yoki cheques
metodlaridan biriga saralash parametrlaridan iborat massivni uzatishingiz kerak. Saralash parametrlari quyidagilardan iborat:
- from Bu parametr 3 ta elementli massiv qabul qiladi. Elementlari
day, month, year
lar hisoblanadi.month
ga qiymat berganda berilgan oydan -1 ayirish kerak. Ya'ni, 7-oydagi ma'lumotni topish uchun 6-oy deb yozishingiz kerak (g'alati, paymeda shunaqa ekan). - count Bu parametr
integer
qabul qiladi. Buning vazifasi nechta tranzaksiyani olib berishni hal qilish. - card Bu parametr karta raqamning ID sini qabul qiladi. Buning vazifasi ko'rsatilgan karta raqamdagi tranzaksiyalarni olib berish.
- to Bu parametr ham
from
bilan bir xil. Faqat bu ko'rsatilgan sanagacha bo'lgan tranzaksiyalarni olib berishni hal qiladi. - group Defolt qiymati
time
- offset Defolt qiymati 0
Namunalar
API dan foydalanish namunalar index.php
faylida ham yozilgan.
Eslatma!
Dastur va dastur uchun qo'llanma Sanjarbek Sobirjonov (telegram @sobirjonovs) tomonidan yozildi. Agar dasturda yoki qo'llanmada qandaydir xatolik topsangiz, pull request yoki murojaat qilishingizdan mamnun bo'lamiz.